- Bosh (sahifa)
- nashirlar
- Ekskluziv
- Jurnalistlar terrorchilar manfa’tiga “xizmat” qilayapdi(mi?)
Jurnalistlar terrorchilar manfa’tiga “xizmat” qilayapdi(mi?)
Ekstirimal hududlarda jurnalist manba to‘plab uni OAVda e’lon qilishi ancha mushkul jarayon. Bunday paytlarda auditoriyani hushyorlikka chorlash, ogohlikka da’vat etish eng asosiy masala.
Ko‘pgina g’arb telekanallarini kuzatganimizda ularda notinch huddudan to‘g’ridan to’g’ri efirlar, lavhalar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilganini ko’ramiz. Bunday paytlarda internet saytlari, radio tv, matbuot deyarli bir xil mavzuni muhokama qiladi. O’lim tasvirlari, shikastlangan odamlar, bolalar, ayollar dod-faryodi aks etgan lavhalar ochiqdan ochiq ko’rsatiladi, matbuotda bosiladi, internet saytlarida to’lib toshadi.
Tinch aholi o’rtasida esa xavotir, qo’rquv, tahlika avj oladi. Aslida terrorchilarning niyati ham shu emasmi. O’zining kuchliligiga ishontirish, maqsadi yo’lida har qanday yovuzlikdan tap tortmasligini ko’rsatib qo’yish emasmi? Bu holni jahonning yirik axbrot agentliklarida ham kuzatamiz.
BBC, CNNda bunday ma’lumotlar, tasvirlar keragidan ortiqroq topiladi desak adashmagan bo’lamiz. Yevropa mamlakatlari ahaolisi o’rtasida 2011-yil so’rovnoma o’tkazilganida ular teraktlardan unchalik qo’rqmasligini davlat mudofasiga ishonishini aytishadi. 2016-yilgi qayta so’rovnomada esa butunlay boshqa javob olinadi. Juda ko’p aholi teraktdan qo’riqshini uning xafi ortib borayotganini aytgan. Ular bu qo’rquvni kuchayishida OAVni aybdor deb hisoblashgan. Bu jarayon bugun butun dunyoni tashvishga solmoqda.
Qaysidur ma’noda OAV terror guruhlarni kuchlidek ko’rsatib qo’yapdi go’yo. Aslida ularning bir chaqaga qimmat g’oyasi-yu, maqsadlari xom xayollari hech qachon amalga oshmasligini targ’ib qiladigan axborotlarni yetkazish tobora dolzarblashayapdi nazarimizda.
Kamola HATAMOVA