- Bosh (sahifa)
- nashirlar
- Ekskluziv
- 2100 yilga kelib, Islom dunyoda eng keng tarqalgan din bo'lib qoladi
2100 yilga kelib, Islom dunyoda eng keng tarqalgan din bo'lib qoladi
Tarixga nazar solsak oxirgi ming yillikda nasroniylik dunyodagi eng keng tarqalgan din bo‘lib qolgan edi.
Bunga mustamlakachilarning bosib olingan mamlakatlarda faol missionerlik faoliyati ta'sir ko'rsatib kelgani sabab bo‘lgan edi. Keyinchalik bu hududlar mustaqil davlatlar maqomini oldi, ammo ularning aholisi o'z hududiga olov va qilich yoki boshqa ishonchli usullar bilan olib kelgan dinga amal qilishni davom ettirdi. Hozir yer yuzida 2,2 milliard xristian, 1,5 milliard musulmon va taxminan 500 million buddist bor. Hinduizm tarafdorlari soni musulmonlar soniga teng deb ko‘rsatilmoqda.
Shunga qaramay, global nuqtai nazardan, bunday tendentsiyalar o'zgarishga moyil. Shu sababli, Pew Tadqiqot Markazining tadqiqotchilari 21-asrda turli dinlar tarafdorlarining nisbati qanday o'zgarishini aniqlashdi. Buning uchun ular keng ko'lamli tadqiqotlar o'tkazdilar, tadqiqot davomida katta ma'lumotlar to'plamlari tahlil qilindi va ayrim mamlakatlarda emas, balki mintaqalarga qaratilgan hisob-kitoblar amalga oshirildi.
Aslida, 2070 yilga kelib, sayyoradagi musulmonlar va nasroniylarning soni teng bo'ladi, va keyinchalik bu kurash butunlay Islomning foydasiga o'zgaradi.
Olimlarning fikricha, 2100 yilga kelib, musulmonlar masihiylarga qaraganda ko'proq bo'ladi - dunyo aholisining 35 foizi Islomni tatbiq qiladilar, yana 34% esa nasroniylikda yashaydilar.Bundan tashqari, 2050 yilga borib, Yevropa aholisining taxminan 10 foizi musulmon bo'ladi. Kelajakda bu nisbat islomga amal qilganlar foydasiga o'zgarishni davom ettiradi. Xuddi shunga o'xshash vaziyat Qo'shma Shtatlarni ham kutilmoqda - mamlakatda nasroniylarning soni 3/4 dan 2/3 gacha kamayadi. Shu bilan birga, 2050 -yilga kelib yahudiylarga qaraganda Qo'shma Shtatlarda musulmonlarning soni ko‘payishi taxmin qilinmoqda.
Tadqiqotchilar, XXI asr mobaynida ateist va agnostikalar soni faqat AQSh va Fransiyada o'sishda davom etadi deyishmoqda.
Kamola HATAMOVA