- Bosh (sahifa)
- nashirlar
- Ekskluziv
- Tolib bo‘lmagan talaba yohud Baxtiyor nega qamaldi?
Tolib bo‘lmagan talaba yohud Baxtiyor nega qamaldi?
Yangi o‘quv yili, hayajon, ayniqsa birinchi kursga qabul qilinganlarda o‘zgacha ta’surot. Boshqa talabalardan tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi bilan ajralib turgan Baxtiyor tez orada universitetda o‘qtuvchilar e’tiboriga tushadi. Bir necha tillarni yaxshi o‘zlashtirgan ayniqsa komyuterni, internetni ustasi hisoblangan yangi talabadan ustozlarining umidi katta edi. Afsus… afsus, Baxtiyor ular kutgandek bir kasbning egasi, yaxshi mutaxassis bo‘lib chiqmadi.
Voqea nimadan boshlandi?
Poytaxtni hali yaxshi bilmaydigan yigit o‘zi tengi kursdoshlar bilan Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ijarada besh kishi birga yashay boshladi. Besh olti oydan so‘ng ularning safiga oltinchi bo‘lib Samadxon ismli taqvador, halol haromni farqlaydigan, o‘ttiz ikki yoshli savdogar yigit ham qo‘shildi. Samadxonning tashrifi ularga ko‘pam xush yoqmadi.
Musiqani yoqtirmaydigan, kalbasani harom deb uyga qo‘ymaydigan, taxoratli yur deb qistayveradigan bu “yangi sherikka” Baxtiyorni munosabati o‘zgarmadi, kattani kattadek bilaverdi. Ko‘pni ko‘rgan, sodda odamlarni yaxshi ajratadigan Samadxon unga xush muomilada bo‘lar, Baxtiyorga doim siz boshqachasiz deb xushomad qilgandek bo‘lardi. Yaxshi o‘qishini, tillarni yaxshi bilishini payqagan Samadxon o‘zi izlagan odamni topgandek bo‘ldi go‘yo.
Bir kun Baxtiyorni holi chaqirib, sizni bir yaxshi akaxonimiz bilan tanishtirib qo‘ysam, suhbatlarini olsangiz, fikrlashsangiz ular ilmli yigitlarni qattiq hurmat qiladilar deb qoldi. Bu “ajoyib” taklifga jon deb rozi bo‘lgan sodda Baxtiyor u bilan darsdan so‘ng uchrashishga qaror qildi. Samadxon ikkalasi birga bordi. Toshkentning allaqaysi jin ko‘chalaridan kirib borarkan eski, devollari nurab qolgan bir hujraga kirishdi. Juda xushmuomila, o‘rta bo‘yli oq-qizil yuzli, istarali bu akaxonni Yusufxon eshon deb chaqirisharkan.
Uning amri-ma’rufiga o‘n, o‘n beshtacha erkaklar yig‘ilib suhbatlashib turishadi. Yusufxon bu yosh yigitni safimizga chaqirib xo‘p soz ish qilibsiz, hozirdan ilmi-islomni o‘rgansa hayotda qiynalmaydi, boshqa musulmon birodarlarga ham o‘rgatadi deb Samadxonni maqtab qo‘ydi. Suhbat yakunida hammaga hadyalar ulashdi. Hadya disk, joynamoz, allaqanday kitoblar va bir dasta puldan iborat edi. Disk ustida arabiy yozuv shaklida lotinchada “Jundulloh studiasi” degan yozuv bor edi.
Hammaga ruxsat bo‘ldi ammo, Baxtiyorni qolishini istagan Yusufxon undan qayerlik ekanini, o‘qish joyini ota-onasini qanday ishda ishlashini hammasini so‘rab oldi. Bizning bu haq islom yo‘lidagi kuyunchakligimizni noto‘g‘ri baholab turli bo‘xtonlar bilan qammoqqa tiqishga tayyorlar ham bor. Shuning uchun bu joy, bu suhbat sirligicha qolmog‘i lozim tilingizga ehtiyot bo‘lasiz ukam deb uqtiradi.
Baxtiyor tez orada juda o‘zgardi pulga muhtojlik sezmadi, qimmat telefonlar planshetlar oldi, oldi-yu, lekin uni hech kimga hatto ushlab ko‘rgani ham berishni xohlamasdi. U Yusufxonning “iltimosi” ga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda Abumuslim nomi bilan sahifa ochib shu yerda uning ma’ruzalarini tarqata boshladi. Ijtimoiy tarmoqda minglab “do‘st”lar ham fikrlar yig‘di. U endi umumman boshqa odam edi, tuppa tuzuk namozxon ham bo‘lib oldi. Yusufxon o‘rgatgan kabi o‘zidagi o‘zgarishni boshqalarga sezdirmaslikka urindi.
Bir kuni Yusufxon unga bahorda bir guruh yigitlar Afg‘anistonda lagerga boradi, jihod qiladi, kofirlarga qarshi kurashadi, u yerda ham birodarlar bor, sizni ham jon deb qo‘shib yuborardim ammo, bu yerda ko‘proq keraksiz dedi. Safimizni kengaytirishimiz kerak, muslima opa-singillarimizni ham jalb eting islomni o‘rgansin. Hijob o‘rasin, tanasini nomahramlardan berkitsin deb qat’iy talab qo‘ydi.
Agar suygan qizingizmi, biror ishonchli yaqinroq xotin-qizlardan bo‘lsa ham chaqiring, buni savobi ulug‘ bo‘ladi deb da’vat qila boshladi. Baxtiyor o‘ziga yaqin deb hisoblagan kursdosh qizlarini sekin-asta “qarmoq” qa tushirishga urina boshladi. Uning o‘zgarib qolganini, odamovi bo‘lib hammadan ajralib yurgani ko‘rgan qizlar Baxtiyorni avvalgi holiga qaytganidan sevingandek bo‘ldi.
Kursdoshlaridan Mehrinso, Jamila, Mohira ayniqsa u bilan ko‘proq yaqin edi. Avvaliga ahamiyat bermagan qizlar uning so‘zlaridan shubhalana boshladi, Ammo dalil isbot yo‘qligi sabab birovga biron nima deyolmaydi. Kunlar o‘tavergani sayin Baxtiyorning namoz, hijob, halol harom haqidagi da’vatlari ortib boradi. Baxtiyor o‘ylagani kabi qizlar “laqma” chiqmadi.
Da’vatchi kursdoshdagi o‘zgarishlarni: hijob, jihod, hijrat amallarini bajarish shartligi haqidagi so‘zlarini, bahorda Afg‘anistonga lagerga borishi haqidagi gaplar aytib qo‘yganini Huquq tartibot organiga borib “sotdi”. Ularning kuzatishlari, tintuv natijalari, surishtiruvlar oqibatida Baxtiyor ekstirimist guruh a’zolariga qo‘shilib qolgani isbotlandi.
Aqidaparastlik, fundamentalism, amaldagi hukumatni ag‘darish xalifalik davlati qurish, siyosiy tizimni zo‘rlik bilan o‘zgartirish, odamlarda siyosiy norozilikni kuchaytirishga qaratilgan axborotlarni internet tarqatishda da’vatchilikda ayblandi. Uning bir guruh hamtovoqlari ham qo‘lga olindi va qonuniny jazosini oldi. Baxtiyor Ota-onasi istagani kabi komil yigit bo‘lmadi, yurtga qarshi “qayraldi”, tuzlug‘iga tupurdi. Aldandi, aldadi…do‘st tanlashda adashdi. Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga deganlaridek unga ishonganlarni ham uyatga qoldirdi, yuzini yerga qaratdi.
Kamola HATAMOVA