Jonli efirda

Dolzarb video

Barcha video

Siz so'ragandingiz

Sarobga aylangan Suriya xayollari… yohud Ixtiyor nega ekstremist bo‘ldi?

Картинки по запросу самые смешные картинки с приколамиYigirma bir yosh… yigit umrining avji gullagan, kuch-g‘ayratga to‘lgan pallasi. Yurt mudofasida xizmat qilib, yigitlik burchini o‘tab ko‘ksida vatan muhabbatini saqlash yoki aksincha umr kechirish ham har kimning vijdoniga havola. Ixtiyor esa ayni shu yoshda vijdoni bilan hisoblashmay, oqni qora deb xo‘rakka aylandi.

Xo‘sh voqea nimadan boshlandi? Asli Qashqadaryolik Ixtiyor Qurbonov (ismi o‘zgartirildi) ishlash maqsadida Moskvaga boradi. U yerda bir muddat ishlaydi, ammo ish haqqini o‘z vaqtida olmaganligini ro‘kach qilib, Solnichnogorsk viloyati Novey Bakeyeva posyolkasida qurilish firmasiga ishga o‘tadi. Oziq-ovqat xarid qilish uchun supermarketga qatnay boshlaydi. Tinchgina yurgan Ixtiyor bir kuni Abdukarim ismli asli qirg‘izistonlik kishi bilan tanishib qoladi va shu kundan boshlab uning holovati yo‘qoladi. Abdukarim hayotni “achchiq-chuchug”ini ko‘rgan ayniqsa “diniy ilimi” yuqori vazmin kishi edi.

Bu jihati bilan esa dinni asli nima ekanini anglab yetmagan Ixtyorning ko‘ziga avliyodek ko‘rinadi. O‘zbek tilini yaxshi biladigan “yangi do‘st” O‘zbekistondagi siyosatni ham go‘yoki yaxshi bilardi. Sizlarda diniy erkinlik yo‘q, namoz o‘qiganlarga jinoyatchiga qaragandek qarashadi, xotin-qizlarga ham hijobni tashlashga majburlar ekanmi deb qoladi, suhbat orasida Abdukarim. Bu narsalarni yaxshi bilmasligini aytgan Ixtiyor uning amri-ma’ruflariga “asir” bo‘ladi. Tez orada yaxshigina diniy savod chiqarib o‘zi ham “mullavachcha” bo‘lib qoladi.U bu bilimlarini ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochib do‘stlari bilan bo‘lisha boshlaydi.

Abdukarim ikki- uch kishini jihod qilish uchun Suriyaga chiqarib yuborishi kerakligini, ma’lum vaqt ko‘risha olmasligini aytadi. Borolmaganidan qattiq afsuslangan Ixtiyor bu yerda boshqa topshiriqni bajarib keyingi gal alabatta o‘z safdoshlarini kengaytirib birga borishini aytadi. Uni Suriya xayollari hech tinch qo‘ymadi. U aqidaparastlik va fundamintalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish va jihodga chiqishga da’vat etish bilan shug‘ullanuvchi virtual jamoat a’zolari bilan yozishmalar olib boradi.

Amaldagi dunyoviy davlatni zaiflashtirish, yagona dunyoviy davlat qurish Suriyada joylashgan ISHID terrorchilik tashkilotining maxsus harbiy mujohidlik o‘quv bazalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tish to‘g‘risidagi da’vatlarni internet orqali tarqatish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan davlat tuzumini noqonuniy ravishda o‘zgartirishga xizmat qiluvchi “Turkiston islom harakatining” “Jundulloh” studiyasi tomonidan tayyorlangan jihod jang qilish O‘zbekiston siyosatini qoralash, ayollarni hijobga qaytarish kabi bir qancha audio va video fayllarni tarqatish bilan shug‘ullanib keladi.

Bu orada u o‘zbekistonlik I.Naimov bilan yozishmalar olib boradi va yaqinda O‘zbekistonga mujohidlar hujum qilishi bu paytda ichkaridan yordam zarurligini g‘alabaga oz qolganligini aytadi. O‘zi ham bir necha o‘zbek safdoshlari bilan Afg‘anistonda jangarilar lagerlariga borib terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni aytadi. U bu niyatini tezroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekistondagi hali “xom” safdoshlarini ham pishiqtirish uchun kiladi.

O‘zbekiston chegarasiga qadam qo‘yar ekan u o‘ylagani kabi uning qilmishlaridan huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar g‘aflatda emas edi. Qo‘y ham echki ham o‘z oyog‘idan osiladi deganlaridek, sud Ixtiyor Qurbonovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqarkan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quvdan o‘tish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konistitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirish, hokimiyatni bosib olish, qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan shaxslarni hokimiyatdan chetlatish, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib etishga urinish kabi jinoyatlar sodir etganlikda ayblab 11 yilga ozodlikdan mahrum etadi.

Bu voqea hammani birdek hushyorlikka chorladi. Qashqadaryo gazetasida ham mazkur voqea bilan bog‘liq maqolalar e’lon qilindi. Axborot texnologiyalari asrida internet global tarmog‘idan har kim turlicha maqsadlarda foydalanadi. Kimdir ilm uchun yana kimdir g‘iybat bo‘xton yoyish. Kimlardir esa Ixtiyordek o‘zi kabi boshqalarni ham yo‘ldan adashtirishni ko‘zlab. Nima bo‘lganda ham unutmaslik lozimki, har qanday jinoyat jazosiz qolmaydi. Zero shoir aytganidek:

Illat izlaganga illatdir dunyo,

G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo.

Kim neni izlasa topgay begumon,

Hikmat izlaganga hikmatdir DUNYO.

 

Kamola HATAMOVA


Back to the list